Maxfiylik siyosati
MirPay.uz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, ulardan foydalanish va saqlash tartibini ushbu siyosat orqali belgilaydi.
1 Biz foydalanuvchilardan qanday ma’lumotlarni olamiz?
Biz bilan hamkorlik qilayotgan foydalanuvchilarimizdan asosan email, ism va telegram ID ma’lumotlarini qabul qilamiz. Ushbu ma’lumotlar xizmatlarimizni foydalanuvchilarga yetkazish hamda ularning ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun talab qilinadi.
2 Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga beriladimi?
Biz hech qanday foydalanuvchi ma’lumotlarini uchinchi shaxslar bilan baham ko‘rmaymiz. Asosiy qoidalarimizga ko‘ra, foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiy tarzda saqlanadi.
3 Foydalanuvchidan boshqa ma’lumotlar talab qilinishi mumkinmi?
Ha, loyihalarimizni rivojlantirish davomida foydalanuvchilardan yangi ma’lumotlarni talab qilishimiz mumkin. Ushbu ma’lumotlar albatta foydalanuvchi ogohlantirilgan holda qabul qilinadi. Ba’zi vaziyatlarda buyurtmalarni boshqarishda foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan har qanday holatda ham maxfiy tarzda saqlanadi.
4 Foydalanuvchilar ma’lumotlarini o‘chirishi mumkinmi?
Ha, foydalanuvchilarimiz shaxsiy ma’lumotlaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Foydalanuvchilar istalgan vaqtda o‘z ma’lumotlarini to‘liq yo‘q qilishni so‘rab ariza yuborishlari mumkin. Buning uchun info@mirinfo.uz elektron pochtasiga o‘chirilishi kerak bo‘lgan hisobga bog‘langan elektron pochta orqali xabar yuborishlari yetarli. Ma’lumotlar 3 ish kuni davomida o‘chiriladi va natijasi elektron pochta orqali foydalanuvchiga xabar qilinadi.
5 O‘chirilgan ma’lumotlarni tiklash mumkinmi?
Yo‘q, biz o‘chirilgan ma’lumotlar uchun javob bermaymiz va bizda ushbu ma’lumotlarni tiklash imkoniyati mavjud emas.