Foydalanuvchilar shartnomasi
MirPay.uz platformasidan foydalanish orqali siz quyidagi shartlar, majburiyatlar va cheklovlarga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
1 Hamkorlikni boshlash talablari
- 1.1 Bizning web sayt, telegram bot va boshqa loyihalarimizdan ro‘yxatdan o‘tgan har qanday shaxs ushbu shartnomaga rozilik bildirganini anglatadi.
- 1.2 Ushbu shartnoma xizmat ko‘rsatuvchining bir tomonlama chiqargan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
- 1.3 Xizmat ko‘rsatuvchi shartnomaning bekor qilinish sababini maxfiy saqlash huquqiga ega.
2 Taqiqlangan materiallar bilan ishlash
- 2.1 Biz O‘zbekiston qoidalariga muvofiq O‘zbekiston hududida ishlatilishi taqiqlangan barcha mahsulotlarni taqiqlaymiz.
- 2.2 Bizning mahsulotlarimizdan foydalanishda har xil pornografik ma’lumotlardan foydalanish, yaratish, qayta ishlash va tarqatish taqiqlanadi.
- 2.3 Bizning platformadan turli xil terroristik ma’lumotlardan foydalanish, yaratish, qayta ishlash va tarqatish taqiqlanadi.
- 2.4 Biz hech qanday bukmeker, moliyaviy piramida yoki pul yuvish loyihalarini qo‘llab-quvvatlamaymiz. Foydalanuvchi tomonidan bizning hosting yoki platformaga bunday loyihalar qo‘shish va joylash taqiqlanadi.
- 2.5 Foydalanuvchi ushbu taqiqlangan ma’lumotlardan foydalanganda shartnoma xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan bekor qilinadi.
3 Xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari
- 3.1 Xizmat ko‘rsatuvchi shartnoma asosida onlayn to‘lovlarni amalga oshirishni o‘z bo‘yniga oladi.
- 3.2 Xizmat ko‘rsatuvchi har qanday yangilanish haqida foydalanuvchilarga xabar berishga majbur. Yangilanishlar rasmiy sahifalarimiz yoki saytimiz orqali foydalanuvchilarga yetkaziladi.
4 Foydalanuvchining majburiyatlari
- 4.1 Foydalanuvchi ushbu shartnoma qoidalariga, shartnomani qabul qilgan vaqtdan boshlab qat’iy tarzda amal qilishga majbur.
- 4.2 Foydalanuvchi bizning ma’lumotlardan foydalanganda bizning saytni manba sifatida ko‘rsatishga majbur.
- 4.3 Bizning ma’lumotlardan foydalanganda o‘z shaxsiy qo‘shimchalarini qo‘shishi va boshqa joylarda bizning nomimizdan ma’lumotlarni tarqatishi qat’iyan taqiqlanadi.
5 Foydalanuvchilar bilishi kerak bo‘lgan talablar
- 5.1 Ushbu shartnoma istalgan vaqtda xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘zgartirish yoki qo‘shimcha qo‘shish huquqiga ega.
- 5.2 Shartnoma yangilanganda yangi ma’lumotlar MirPay.uz rasmiy saytida e’lon qilinadi.
So‘nggi yangilanish: 10.02.2024 02:47 UZB